Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Qadhqadaryo viloyati Qarshi shahrida toʻrt qavatli uylarni isituvchi qozonxonada portlash sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea 11-yanvar kuni soat 21:25 da Gʻungon mahallasida sodir boʻlgan. Gaz chaqnashi tufayli binoning tomi qulab tushgan. Sodir boʻlgan chaqnash natijasida yongʻin yuzaga kelmagan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Xabarga koʻra, voqea joyiga zudlik bilan viloyat FVB rahbariyati, Qarshi shahar sektor rahbarlari, shahar FV boʻlimi boshligʻi hamda masʼul va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.
“Hozirda mutasaddi idora vakillari tomonidan qozonxonani tiklash ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling