Foto: Minstroyuz
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Matbuot xizmatining xabariga koʻra, Yangihayot tumanining “Yangi turmush” MFYda joylashgan “Megapolis building” MCHJ tomonidan 2021-yil qurib bitkazilgan 10-son koʻp qavatli uyning mansarda qismida mulkdorlar tomonidan noqonuniy ravishda qoʻshimcha uy qurilgan.
Foto: Minstroyuz
Mazkur uyga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv tashkilotlarining bir necha bor ogohlantirishlari ham mulkdorlarni ushbu fikrdan qaytarmagan.
Foto: Minstroyuz
Ayni daqiqalarda mulkdorlarga nisbatan maʼmuriy chora koʻrilib, noqonuniy qurilmalarni 15 kun ichida bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar berilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling