Surxondaryoda 14 yoshli qiz To‘palang daryosida cho‘kib ketdi

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Surxondaryoda 14 yoshli qiz To‘palang daryosida cho‘kib ketdi, deb xabar berdi Surxondaryo viloyati prokuraturasi.

Sariosiyo tumani, “Afrosiyob” mahallasida yashagan 2012-yilda tug‘ilgan F.M.ning murdasi 15-may kuni Denov tumani “Ittifoq” mahallasida oqib o‘tuvchi To‘palang daryosi ichidan tan jarohatlarisiz topilgan. 

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida marhumaning o‘limiga yuqori nafas yo‘llarining suv bilan berkilishi, mexanik asfiksiya natijasida vafot etganligi, ko‘rsatilgan. 

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling