Ta‘mirlash ishlari tufayli 19-may kuni Toshkent shahrining to‘rtta tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu hududlar:
Yangihayot tumani (soat 11-00 dan 19-00 gacha) — “Binokor”, “Xo‘ja Uchqun”, “Jaloir” va “Gulzor” MFYlar;
Mirzo ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha) — “Katta Qorasuv” MFY;
Yashnobod tumani (soat 10:00 dan 15:30 gacha) — “Fidoiylar”, “Alimkent”, “Mag‘zuniy” va “Besh bola" MFYlar;
Sergeli tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha) — "Keng Makon" MFY.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.