3-maydan Toshkent–Xiva yo‘nalishida “Jaloliddin Manguberdi” elektropoyezdi qatnay boshlaydi

Ilk reys 3-may kuni Toshkentdan, 4-may kuni esa Xivadan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston temir yo‘llari Toshkent–Xiva–Toshkent yo‘nalishida “Jaloliddin Manguberdi” nomli yuqori tezlikdagi elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yadi.

Poyezd Toshkent Markaziy vokzalidan soat 07:00 da jo‘nab, Xivaga 14:31 da yetib boradi. Xivadan esa 07:20 da yo‘lga chiqib, Toshkentga 14:51 da yetib keladi.

Qatnovlar haftasiga uch marta amalga oshiriladi: Toshkentdan seshanba, payshanba va shanba kunlari, Xivadan esa chorshanba, juma va yakshanba kunlari.

Ilk reys 3-may kuni Toshkentdan, 4-may kuni esa Xivadan amalga oshiriladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling