O'zbekistonda dekabr oyida qariyb 4 mingta nikohdan ajralish holati qayd etilgan

Bu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga qaraganda 423 taga oshgan

Foto: Advice.uz<br>

Foto: Advice.uz

Oʻzbekistonda 2022-yilning dekabr oyida 3992 ta nikohdan ajralish holatlari FHDY organlarida qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga qaraganda 423 taga oshgan.

Hududlar kesimida qayd etilgan ajralishlar soni quyidagicha:

Qoraqalpogʻiston – 155 ta;

Andijon viloyati – 444 ta;

Buxoro viloyati – 198 ta;

Jizzax viloyati – 149 ta;

Qashqadaryo viloyati – 252 ta;

Navoiy viloyati – 131 ta;

Namangan viloyati – 399 ta

Samarqand viloyati – 344 ta;

Surxondaryo viloyati – 216 ta;

Sirdaryo viloyati – 144 ta;

Toshkent viloyati – 370 ta;

Fargʻona viloyati – 479 ta;

Xorazm viloyati – 210 ta;

Toshkent shahri – 501 ta.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling