Toshkentda 40 yoshli fuqaro Spark urib yuborishi natijasida vafot etdi

Maʼlum boʻlishicha, ikkita Spark oʻzaro toʻqnashgan. Natijada, birinchi Spark boshqaruvni yoʻqotib, piyodani urib yuborgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Foto: Toshkent shahar IIBB

Joriy yilning 10-aprel kuni soat 07:30 da Bektemir tumani Oltintopgan koʻchasida 2 ta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir boʻlgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, 1988-yilda tugʻilgan N.R. Sparkʻni ishonchnoma orqali boshqarib ketayotib, oraliq masofani saqlamay, yoʻl chetida toʻxtab turgan haydovchi 1995-yilda tugʻilgan J.Gʻ.ga tegishli Spark bilan toʻqnashib ketgan va boshqaruvni yoʻqotib yoʻl chetida harakatlanib ketayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada, 1983-yilda tugʻilgan piyoda turli xil tan jarohatlari, 2-darajali koma holati tashxisi bilan kasalxonaga olib borilgan. Biroq koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 11-aprel kuni soat 02:15 da vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling