Foto: UzReport News
1-yanvadan boshlab Oʻzbekistondagi davlat bogʻchalarida toʻlov miqdori kamaytiriladi. Bu haqda “Rasmiy xabarlar” Telegram kanali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2023-yil 1-yanvaridan boshlab Oʻzbekistondagi 208 ta tuman va shahar iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib, 5 ta toifaga ajratilgan. Toifaga qarab bu tumanlarga soliq imtiyozlari, subsidiya ajratish tartibi va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash choralari belgilanadi.
Xususan, Prezident qaroriga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar davlat bogʻchalarida bola taʼminoti uchun toʻlovlar tumanlarning toifasidan kelib chiqib, quyidagicha kamaytiriladi.
- 5-toifadagi tumanlarda — 50 foiz;
- 4-toifadagi tumanlarda — 50 foiz;
- 3-toifadagi tumanlarda — 30 foiz.