Foto: Teznews
8-fevral kuni kuni soat 18:30 atrofida Olmazor tumani, “Universitet” MFY, Chimboy 2-tor koʻchasi, 179 B-uy orqasida Olmazor tumani “Suv taʼminoti” xodimlari tomonidan aholining murojaatiga asosan, mazkur hududda 600 mm.lik quvur yorilganligi boʻyicha nosozlikni bartaraf etish jarayonida, Shayxontoxur tumani, Jarariq mahallasida yashagan, Olmazor tumani “Suv taʼminoti”da chilangar boʻlib ishlagan, 1984-yilda tugʻilgan T.K. tuproq bosib qolishi natijasida vafot etgan. Bu haqda "UzNews" xabar berdi.
Mazkur holat boʻyicha joyiga tergov-tezkor guruhi aʼzolari chiqib, voqea joyi koʻzdan kechirilgan. Shuningdek, navbatchi tergovchi tomonidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda mazkur holat boʻyicha Olmazor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling