Foto: Videodan lavha
Moldovaning Kishinyov shahrida xalqaro qidiruvga berilgan 30 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi. U terrorchilik jinoyatlarini sodir etganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Moldova politsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, erak Moldova milliy tergov inspeksiyasining jinoyat qidiruv boʻlimi xodimlari tomonidan ushlangan. U Oʻzbekiston va AQSHda xalqaro qidiruvga berilgan. 30 yoshli erkak xalqaro terroristik va ekstremistik tashkilotlarning yuqori martabali aʼzosi ekani taxmin qilinmoqda. U terrorchilik jinoyatlarini sodir etishda ayblangan.
Erkak ilgari ham Moldova hududida qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, jazo muddatini oʻtagan.
Xabarga koʻra, ayni damda huquq-tartibot idoralari xodimlari erkakni hibsga olib, Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilish masalasini koʻrib chiqmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling