Sankt-Peterburgda odam o'g'irlab, turmush qurishga majburlagan o'zbekistonlik erkak qo'lga olindi

U dekabr oyi oxirida Oʻzbekistonda qidiruvga berilgan

Foto: VisaSam<br>

Foto: VisaSam

Sankt-Peterburgda bir qator moddalar bilan qidiruvda boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi. Bu haqda 78.ru nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, u 16-yanvar kuni Leninskiy prospektidagi 100-uyda hibsga olingan.

Xabarga koʻra, migratsiya reestrida boʻlmagan erkak ayolni turmushga chiqishga majburlagani, oʻgʻirlagani, qiynoqqa solgani, pornografik mahsulotlarni namoyish qilgani, tarqatgani va yana bir qancha qilmishlari uchun federal qidiruvga berilgan.

Maʼlum qilinishicha, u dekabr oyi oxirida Oʻzbekistonda qidiruvga berilgan. Hozirda u profilaktika chorasi sifatida hibsga olingan. Maʼlumotlarga koʻra, bungacha mazkur shaxs talonchilikda ayblanib bir necha marta sudlangan/

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling