Foto: Daryo
Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon tumanida yashovchi Murodjon Qosimov -5 daraja sovuqda Norin daryosida choʻmildi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.
Foto: Daryo
Qayd etilishicha, Murodjon Qosimov 20 yildan beri qahratonda choʻmilish, yaʼni “morj”lik bilan shugʻillanib keladi.
Foto: Daryo
Maʼlum qilinishicha, Murodjon Qosimov 70 yoshda. Tuman ichki ishlar boʻlimida tergovchi lavozimida ishlagan va hozirda nafaqaga chiqqan.
Xabarga koʻra, Uchqoʻrgʻonda hozir harorat –5 daraja sovuq va ayni paytda qor yogʻib turibdi.
Foto: Daryo