Ta‘mirlash ishlari tufayli 7-may kuni Toshkent shahrining ikkita tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu hududlar:
- Uchtepa tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha) — “Katta Qani” MFY va O‘rikzor dahasi;
- Yangihayot tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha) — “Chortoq” MFY.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.