Foto: Repost.uz
Oʻzgidromet xabariga koʻra, bugun kunduz kuni respublika boʻyicha kam bulutli va quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Kunning oʻrtasiga kelib, havo +12...+15 daraja isiydi.
28-fevral va 1-2-mart kunlari Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, 2-mart kuni Qoraqalpogʻistonning ayrim tumanlarida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati asta-sekin koʻtariladi va 2-martda kechasi +2...+7 daraja iliqni, kunduzi +17...+22 daraja iliqni tashkil etadi.
Respublikaning togʻli hududlarida 27-28-fevral kunlari qor koʻchishi xavfi bor.
3-mart kuni respublika hududiga Kavkaz hududlaridan biroz nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika hududi boʻyicha bulutli havo boʻladi, togʻoldi va togʻli hududlarning baʼzi joylarida yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Kunduzgi harorat biroz pasayadi va +12...+17 daraja iliqni tashkil etadi.
2-3-mart kunlari respublikaning baʼzi joylarida shamol tezligi soatiga 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Poytaxtda 27-28-fevral va 1-2-mart kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan soatiga 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati bugun kunduzi +11...+13 daraja iliq boʻladi, soʻng harorat asta-sekin koʻtariladi va 2-mart kuni +19...+21 daraja iliqni tashkil etadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling