Poytaxt hokimligi shaharda yomgʻir suvlari toshib ketishi sababini maʼlum qildi

Kecha kuchli yomgʻir ortidan koʻchalar, metro va hatto odamlarning uylarigacha suvlar toʻplanib ketdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining xabariga koʻra, 2-aprel kuni 2 soat davomida kuzatilgan kuchli yogʻingarchilik natijasida 20 mm yomgʻir yogʻdi va bu aprel oyi uchun belgilangan umumiy meʼyorning, yaʼni 60 mm.ning uchdan bir qismiga teng. Qayd etilishicha, Toshkentdagi lotoklarning oʻrtacha diametri 300 mm.ga teng. Ular yogʻingarchilik suvlarini kollektorlar va kanallarga yetkazadi.

Lotoklar bir paytning oʻzida bunday katta oqimni qabul qilishga moʻljallanmagani bois, shahardagi bir necha manzilgohlarda suv toʻplanishi kuzatildi.

Bu holatni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi va uning tuman boshqarmalari, kommunal soha tizimlari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Ichki ishlar bosh boshqarmasining 500 dan ortiq xodimlari va 100 dan ortiq maxsus texnikalari jalb etilib, soat 23:00 gacha barcha manzillardagi holatlar bartaraf etildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling