Foto: Toshshahartransxizmat
“Toshshahartransxizmat” AJ yangi sotib olgan 16 ta avtobuslar poytaxtda harkatlanishni boshladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, MAN A22 CNG rusumli avtobuslarning:
- 4 donasi “1-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 28-sonli “Yashnobod qurilish kolleji – Ibn Sino 2-mavzesi”;
- 4 donasi “7-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 13-sonli “Izza mavzesi – Toshkent MUM”;
- 1 donasi “8-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 91-sonli “Yunusobod mavzesi 15-daha – Koʻkcha masjidi bekati”;
- 1 donasi “8-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 118-sonli “Chilonzor buyum bozori – Oʻzposlsavdo”;
- 3 donasi “18-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 87-sonli “Chinni bozori bekati – Qoraqamish 2/4 mavzesi”;
- 3 donasi “18-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 88-sonli “Ibn Sino 2-mavzesi – M.Yusuf koʻchasi” avtobus yoʻnalishlarida xizmat koʻrsatish uchun biriktirildi.