Foto: Open source
Qozogʻiston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev endi faxriy senator hisoblanmaydi, chunki bu unvon bekor qilindi. Bu haqda senat spikeri Maulen Ashimbayev xabar bermoqda.
Uning soʻzlariga koʻra, yanvar boshida — dekabr oxirida parlament yuqori palatasi reglamentidan faxriy senator unvoni chiqarib tashlangan, endi mamlakatda bunday institut mavjud emas.
“Bunday qaror qabul qilishimizga sabab — butun xalqimiz iyunda boʻlib oʻtgan referendumda bergan ovoz asosida Konstitutsiyadan birinchi prezident — elboshi haqidagi qoidalar olib tashlangani. Bu xalqning qarori”, — deydi u.
Senat spikerining taʼkidlashicha, faxriy senator unvoni faqat bir kishida boʻlgan. Maʼlum qilinishicha, endi bunday maqom hech kimga berilmaydi, chunki “buning uchun qonuniy asos yoʻq”.
“Faxriy senator” unvoni endi qonunda yoʻq. Darhol aytishim kerak, Senat reglamentiga oʻzgartirishlar kiritildi. Biz ushbu bandni qayta koʻrib chiqish va oʻzgartirish chogʻida “faxriy senator” unvonini olib tashladik. Ungacha u faqat bir kishiga berilgan edi.Endi bunday unvon hech kimga berilmaydi Chunki hozir bizda bunga qonuniy asos yoʻq”, — deydi u.
Maʼlumot uchun, Nursulton Nazarboyevga faxriy senator maqomi 2019-yilning 30-may kuni berilgan edi
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling