Sog'liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Turkiya universiteti faxriy professori bo'ldi

Universitet rektori Oʻzbekiston tibbiyoti bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va rivojlantirishdagi alohida saʼy-harakatlari uchun vazirga minnatdorlik bildirgan

Foto: Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati<br>

Foto: Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovga mamlakatlarimiz oʻrtasida tibbiy taʼlimni rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasi uchun Turkiya Sogʻliq bilimlari universitetining faxriy professori unvoni berildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, oʻquv yurti rektori, professor Javdat Erdol uchrashuv chogʻida Sogʻliq bilimlari universitetining Oʻzbekiston tibbiyoti bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va rivojlantirishdagi alohida saʼy-harakatlari uchun vazirga minnatdorlik bildirgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling