Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xorazm viloyatiga bordi.
Tashrif davomida Prezidentning viloyatni ijtimoiy rivojlantirishga qaratilgan qarorlari ijrosi o‘rganilmoqda.
“Milliondan ortiq odamni toza ichimlik suvi bilan taʼminlaydigan “Urganch-1” yirik nasos stansiyasi ham zudlik bilan modernizatsiya qilinishi va yangilanishi zarur bo‘lgan obyektlardan biridir”, – deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Prezident Administratsiyasi rahbari ko‘tarilgan barcha masalalar eng qisqa muddatlarda hal etilishi shartligini taʼkidladi.
Viloyat hamda tumanlar rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan yakuniy yig‘ilishda hududdagi vaziyat muhokama qilinib, bunga alohida urgʼu berildi.