Samarqandda 4,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan savdo majmuasi aniqlandi

Majmuada hisoblagich ko‘rsatgichlarini qasddan kamaytirish maqsadida tashqi ta‘sir ko‘rsatilgan.

Urgut tumanida savdo majmuasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda O‘zeyenergoinspeksiya xabar berdi.

Tumandagi U. S. K. korxonasiga qarashli savdo majmuasida hisoblagich ko‘rsatgichlarini qasddan kamaytirish maqsadida unga tashqi ta‘sir ko‘rsatgan.

Qoidabuzarlik natijasida 4 mlrd 700 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling