Osiyo taraqqiyot banki va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamkorligida qator tadbirlar o‘tkazildi

Uchrashuvlarda yosh qizlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatidagi temir yo‘lda ishlash istiqbollari bilan yaqindan tanishdi.

13-18 mart kunlari, Osiyo taraqqiyot banki ekspertlari tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ko‘magida, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch va Xiva shaharlaridagi umumta’lim maktablarida ta'lim tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Dastlabki uchrashuv 13 mart kuni Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 294-sonli umumta‘lim maktabida “O‘zbekiston temir yo‘lini elektrlashtirish: Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik yo‘lagi 2 (Buxoro – Miskin – Urganch – Xiva)” loyihasi doirasida “Temir yo‘l – kelajakka yo‘l” shiori ostida bo‘lib o‘tdi. Tadbir “ochiq darslar” shaklida tashkil etilib, temir yo‘l sohasida ishlaydigan ayollar faoliyati to‘g‘risida, shuningdek texnik-muhandislik sektori tomonidan ayollar uchun taqdim etadigan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Maktab o‘quvchilariga temir yo‘l sohasidagi bugungi kunda ham mavjud bo‘lgan kar’era bilan bog‘liq gender stereotiplarini engish zarurligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida, yoshlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyati bilan tanishib, temir yo‘lda ishlash istiqbollari, shuningdek, texnik sohada amalga oshirilayotgan davlat gender siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari haqida bilib olishdi. Bundan tashqari, qizlarga temir yo‘llarda mavjid bo‘lgan mutaxassisliklar, transport universitetiga qabul qilish qoidalari haqida gapirildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling