Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani, Samoq MFY hududidagi ichki kanallarining birida suv toshishi bilan bogʻliq videolavha tarqaldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati maazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, hodisa 17-yanvar kuni soat taxminan 15.30 larda roʻy bergan.
Mutaxassislar tomonidan holat oʻrganilganda, mazkur hudud aholisi oʻzboshimchalik bilan Qizildaryo daryosidan foydalanishi yani, suv taqsimlagichini ochishi oqibatida qishloqning ichki kanallaridan suvning toʻlib oqishi kuzatilgan.
Shuningdek, muz boʻlaklari toʻplanib, suv yoʻnalishini oʻzgarishiga olib kelganligi maʼlum boʻlgan.
Xabarga koʻra, mazkur hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Shu bilan birga, fuqarolarning hech bir bino-inshootlari va mol-mulkiga ziyon yetmagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling