Qashqadaryoda soxta YPX xodimi rolini oʻynagan vaynerlar 15 sutkaga qamaldi — video

Ular YPX xodimining maxsus kiyimini noqonuniy kiyib, videoni Instagramʻga joylashtirgan.

Videodan kadr

Videodan kadr

Joriy yilning 21-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar “Gʻalaba” mahallasi Gʻafur Gʻulom koʻchasida M.N va X.S Ichki ishlar organlarining maxsus kiyim-boshini noqonuniy kiyib, videorolik tayyorlab, uni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan.

Oʻrganishlar davomida ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan fuqarolar Shahrisabz shahar va Navroʻz tumanida yashashi maʼlum boʻlgan.

“Soxta ”GAI“ haqida videorolik tayyorlab, Instagramʻga joyladik. Formani chala kiyganimiz uchun IIO ichki tartib intizomlarini buzganimiz uchun pushaymonman. Bu ish qayta takrorlanmaydi deb vaʼda beraman”, - deydi huquqbuzarlardan biri.

Mazkur holat yuzasidan sud majlisi JIB Shahrisabz shahar sudida koʻrib chiqilgan.

Unga koʻra, fuqarolar M.N va X.S.ga MjtKning 34 va 183-moddasiga asosan 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling