Kurash boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyadagi zilziladan olib chiqildi

Sportchilar Turkiya janubi-sharqidagi 7,6 magnitudali zilzila sodir boʻlgan shaharda boʻlgan.

Foto: O'zbekiston MOQ

Foto: O'zbekiston MOQ

Turkiyaning Kaxramanmarash shahridagi xalqaro musobaqada ishtirok etgan sport kurashlari boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Anqara shahriga olib kelindi. Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi koʻmagi bilan amalga oshirilgan jarayon muvaffaqiyatli oʻtkazildi, deya xabar bermoqda Oʻzbekiston MOQ matbuot xizmati.

Zilzila oʻchogʻidan sportchilarni olib chiqish Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi koʻmagida amalga oshirildi.

"Hozir barcha yurtdoshlarimiz yaxshi, sogʻ-salomat. Rejaga koʻra, ular avval Istanbulga boradilar, u yerdan esa Toshkentga qaytadilar”, — deyiladi xabarda.

Bir kun avval Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi bosh kotibi Shuhrat Mamadaliyev oʻzbekistonlik sportchilar va delegatsiyani Oʻzbekistonga olib kelish uchun Istanbulga joʻnab ketdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling