Foto: ViaRom
Oʻzbekiston 2022-yilda inetrnetdagi uzilishlar tufayli eng koʻp zarar koʻrgan beshta davlat qatoriga kirdi. Bu haqdagi maʼlumotlar “ Top20VPN” portali tomonidan taqdim etildi.
Qayd etilishicha, yetkazilgan zarar 219,7 mln dollarni tashkil qilgan. Maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda 5,6 ming soatdan ortiq internet ishlamay qolgan. Shuningdek, internet uzilib qolgan foydalanuvchilar soni 1,2 mlnni tashkil etmoqda.
Xabarga koʻra, internet eng koʻp Rossiyada oʻchirilgan. Unga koʻra 2022-yilning yakunlari boʻyicha mamlakat internet uzilishlari sabab 21,59 mlrd dollar miqdorda zarar koʻrgan. Mazkur roʻyxatda ikkinchi oʻrinni Eron egallagan.
Mamlakat internetdagi uzilishlar sabab 773 mln dollar miqdorda zarar koʻrgan. Keyingi oʻrinlarda esa Qozogʻiston (410,3 mln dollar) va Myanma (241,4 mln dollar) qayd etilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling