Foto: Telegram
Buxoro viloyat sudi binosida 2022-yil 1-2-iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblangan Davletmurat Tajimuratovga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish yakuni boʻyicha sud qarori eʼlon qilindi.
Unga koʻra, Davletmurat Tajimuratov 16 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Eslatib oʻtamiz, 2022-yilning iyul oyida Nukusda bloger Dauletmurat Tajimuratov oʻzini Qoraqalpogʻistonning yangi rahbari etib tayinlanishini talab qilib, norozichilik uyushtirgan.
Bosh prokuratura maʼlumotiga koʻra, sodir etilgan tariibsizliklar natijasida 18 kishi halok boʻlgan. 243 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling