Foto: Yandex
21-yanvar kunidan boshlab Turkmaniston Oʻzbekistonga kuniga 4,8 mln kub metr gaz yetkazib berishni tikladi. Bugungi kunda bu koʻrsatkichni 12,6 mln kub metrga yetkazdi, deya xabar bermoqda OʻzA.
Unga koʻra, asta-sekin yetkazib berishning kunlik hajmi 16 mln kub metrgacha oshadi — keskin sovuq tushishidan oldin shuncha gaz yetkazib berilgan.
Eslatib oʻtamiz, sovuq tufayli yuzaga kelgan texnik sabablarga koʻra 12-yanvardan boshlab Turkmaniston Oʻzbekistonga gaz yetkazib berishni toʻxtatgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling