Videodan kadr
Bir guruh shaxslar shaxsiy avtomashinasida yoʻlni toʻsib olgani va yoʻldagi boshqa avtomashina haydovchilariga xalaqit berib aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB izoh berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 5-fevral kuni Qarshi shahar Buyuk turon koʻchasi boʻylab avtomashinalarning davlat raqam belgilarini oʻzboshimchalik bilan yechib, yoʻlni har ikkala qatnov qismini toʻsib, guruh boʻlib harakatlangani ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.
Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyat IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, avtomashinalarning haydovchilari aniqlanib, MJtKning tegishli moddalariga asosan, maʼmuriy bayonnoma tuzilib, avtomashinalar vaqtinchalik saqlash maydonchasiga qoʻyildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling