Toshkent shahridagi xonadonlarda tabiiy gaz bosimi asta-sekin koʻtarilmoqda. Bu haqda Kun.uz “Hududgaztaʼminot” matbuot xizmatiga tayanib yozmoqda.
Kompaniya aholidan barcha gaz uskunalari, xususan plitalar va qozonlarni tekshirishni, favqulodda holatlarga yoʻl qoʻymaslik uchun xavfsizlik texnikasiga rioya etishni soʻragan.
Maʼlum qilinishicha, 3– va 5-sonli issiqlik markazlariga gaz yoʻnaltirilmoqda, bu jarayonga gaz taʼminoti xodimlari biriktirilgan.
“Hududgaztaʼminot”ga koʻra, Shayxontohur, Olmazor, Uchtepa va Chilonzor tumanlaridan boshlab shaharning barcha tumanlarida gaz bosimi koʻtarilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling