Chilonzor tumanining ayrim hududlarida issiq suv va issiqlik ta'minoti vaqtincha to'xtatiladi

Mutaxassislar quvur liniyasining shikastlanishini bartaraf etish bo'yicha rejadan tashqari ishlarni amalga oshiradilar

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Chilonzor tumanining ayrim mahallalarida issiq suv va issiqlik taʼminoti vaqtincha oʻchirildi, deb xabar berdi "Veolia Energy Tashkent".

Qayd etilishicha,  9-yanvar kuni Du-200 mm.li issiqlik quvurida taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi manzilda issiq suv va issiqlik taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:

  • Al-Xorazmiy koʻchasi va Shuhrat mahallasi.

Issiq suv va issiqlik taʼminoti 9-yanvar kuni taxminan 19:00 da tiklanadi.

“Veolia Energy Tashkent” MCHJ XK noqulayliklar uchun uzr soʻraydi va issiqlik taʼminoti tiklanishi uchun barcha choralarni koʻradi, deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling