Toshkentdagi sexlarning biri yonib ketdi

FVV yongʻin tafsilotlarini maʼlum qildi

Videodan lavha

Videodan lavha

5-yanvar kuni soat 14:40 da Tosheknt shahar Bektemir tumani “H.Bayqaro” MFYda joylashgan korxonalarning biridagi sexda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga xabar kelib tushgan.

Shunga koʻra, 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 14:43 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 14:51 da qurshab olingan va soat 14:57 da oʻchirilgan.

Yongʻin oqibatida sexning taxminan 35 kv.m maydonida penopolistirol mahsulot chiqindilari yongan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling