To‘rtta viloyatda sel xavfi eʼlon qilindi

Bunga 8–13-iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida sel xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, bunga 8–13-iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sabab bo‘ladi. Ushbu hududlar:

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida.

Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling