Shuhrat Abdurahmonovning Andijon viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgani haqidagi xabar yolgʻon boʻlib chiqdi

Avvalroq, qator internet nashrlarida Shuhrat Abdurahmonov Andijon viloyati hokimi lavozimidan olingani haqida xabar berilgan edi.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Bir qator Telegram-kanallarda Shuhrat Abdurahmonov Andijon viloyati hokimi lavozimidan chetlatilib, Abdurahmonovning birinchi oʻrinbosari Dilshodbek Abdumalikovich Karimov hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.

AOKA axborot resurslarini tasdiqlanmagan maʼlumotlarni eʼlon qilmaslikka chaqirdi. Chunki hozircha bu maʼlumotlar rasmiy manbalar tomonidan eʼlon qilinmagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling