SSV bolalar orasida koronavirus avj olayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Vazirlik agar bolalar orasida koronavirus yoki boshqa oʻtkir respirator kasalliklar ortishi kuzatilsa, bu boʻyicha rasmiy axborot berilishini ta'kidladi

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda yosh bolalar orasida koronavirus infeksiyasi koʻpayib borayotgani aytilgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

Vazirlik bu maʼlumotlarning haqiqatga zid ekanligini maʼlum qildi.

“Bolalar orasida oʻtkir respirator kasalliklar va koronavirusga chalinishning soʻnggi koʻtarilishi oʻtgan yil kuz oylariga toʻgʻri kelgan edi. Oʻsha paytda Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorlar uchun 500 ta qoʻshimcha shifo oʻrni yaratilgan edi. Hozir holat barqaror boʻlib, xastalanish koʻrsatkichlari keskin kamaygan", — deyiladi xabarda.

Foto: SSV

Foto: SSV

Shuningdek, vazirlik agar bolalar orasida koronavirus yoki boshqa oʻtkir respirator kasalliklar ortishi kuzatilsa, bu boʻyicha rasmiy axborot berilishini qayd etdi.

Qishki iqlim sharoitida bolalarning salomatligiga, ayniqsa, kiyinishi va ovqatlanishiga jiddiy eʼtibor berishlari, bu xildagi feyk (yolgʻon) xabarlarga ishonmasliklari soʻraldi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling