Braziliyada namoyishchilar prezident saroyi va kongress binosiga bostirib kirdi

Bolsonaru tarafdorlari uning saylovdagi magʻlubiyatini tan olishdan bosh tortmoqda

Foto: AP

Foto: AP

Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaruning yuzlab tarafdorlari mamlakat Milliy Kongressiga bostirib kirdi. Politsiya koʻzdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan, deb xabar berdi BBC.

Ular Oliy sud binosi va prezident saroyiga ham kirgan. Hujum uch soat davom etgan. Shundan soʻng politsiya tartibsizlik ishtirokchilarini hibsga olgan.

Foto: AP

Foto: AP

Braziliya parlamenti va boshqa hukumat binolariga hujum mamlakatning yangi prezidenti Lula da Silvaning inauguratsiyasidan bir hafta oʻtib sodir boʻldi.

Bolsonaru tarafdorlari uning saylovdagi magʻlubiyatini tan olishdan bosh tortmoqda.

Ayni paytda amaliy tashrif bilan San-Paulu shtatida boʻlgan Luis Inasio Lula da Silva isyonchilar “vandalizm va fashizm harakatlari” sodir etganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, bunday hodisa mamlakat tarixida hech qachon boʻlmagan.

Foto: AP

Foto: AP

“Vandallar singari, ular ham oldilaridagi hamma narsani vayron qilmoqdalar. Xavfsizlik toʻgʻri taʼminlanmagan deb hisoblaymiz. Aybdorlarning hammasi jazolanadi”, — deydi Lula.

Eslatib oʻtamiz, Braziliyaning chap qanot yetakchisi Luis Inasiu “Lula” da Silva oʻtgan saylovda Jair Bolsonaruni qiyinchilik bilan magʻlub etib, uchinchi marta prezident boʻlgandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling