Foto: RIA Novosti
Mustaqil aholini roʻyxatga olish va demografik tashkilot boʻlgan World Population Reviyew maʼlumotlariga koʻra, Hindiston 2022-yil oxirida aholi soni boʻyicha Xitoyni ortda qoldirdi.
Qayd etilishicha, Hindiston aholisi oʻtgan yili 1,417 milliard kishini tashkil qilgan. Rasmiy maʻlumotlarga koʻra, bu Xitoyning 1,412 milliard aholisidan besh millionga koʻp.
Maʻlum qilinishicha, ayni paytda Hindiston aholisi taxminan 1,428 milliard kishiga yetgan, shuningdek, Xitoy aholisi esa 1,425 milliard kishini tashkil qiladi.
Avvalroq, BMT Hindiston Xitoydan oʻzib ketib, aholi soni boʻyicha dunyoda yetakchiga aylanishini bashorat qilgan edi.
Olimlarning fikricha, 2023-yilda Hindistonning dunyo aholisining koʻpayishi jarayonida ulushi faqat oshadi va 2037-yilga kelib sayyoramizga yana bir milliard odam qoʻshiladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling