Oʻzbekiston 2022-yilda yengil avtomobillarni eng koʻp Xitoydan import qildi

 Keyingi oʻrinlarda Koreya, Qozogʻiston va Rossiya qayd etilgan.

Foto: Open source

Foto: Open source

Oʻzbekiston 2022-yilda 34 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

Agentlikning dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekiston yengil avtomobillarni eng koʻp import qilgan davlatlar orasida Xitoy birinchi oʻrinni egalladi — 11 159 ta.

Keyingi oʻrinlarda quyidagi mamlakatlar keltirilgan:

  • Koreya — 9414 dona;
  • Qozogʻiston — 7208 dona;
  • Rossiya — 1499 dona;
  • AQSH — 555 dona;
  • Yaponiya — 157 dona;
  • BAA — 128 dona;
  • Germaniya — 125 dona.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling