Paynet butun mamlakat bo‘ylab tadbirkorlar uchun Xolis Start 2 aksiyasini ishga tushirmoqda

Paynet yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun aksiyaning ikkinchi bosqichi — Xolis Start 2 boshlanganini e’lon qiladi.

Aksiya 20-yanvardan 20-aprelgacha bo‘lib o‘tadi va O‘zbekistonning barcha hududlarini, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasini ham qamrab oladi.

Xolis Start 2 — kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muvaffaqiyatli tashabbusning davomi. Aksiya ishtirokchilari Paynet ilovasidagi Xolis xizmati orqali naqdsiz to‘lovlarni yanada faol rivojlantirish hamda yirik sovrinlar uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Aksiyaning bosh sovrini — 50 mln so‘m.

Aksiyada ishtirok etish uchun belgilangan muddat davomida Xolis orqali naqd pulsiz to‘lovlar bo‘yicha kamida 200 mln so‘m miqdorida tranzaksiyalarni amalga oshirish zarur. Hisobga QR-kod orqali to‘lovlar, taqdim etilgan hisob-fakturalar hamda NFC-to‘lovlar olinadi. Ishtirok etish shartlari barcha hududlar uchun bir xil.

Xolis Start 1 aksiyasida bo‘lgani kabi, ushbu aksiya ham har bir hudud bo‘yicha alohida o‘tkaziladi: mustaqil reytinglar shakllantiriladi va har bir hududda o‘z g‘oliblari aniqlanadi.

Xolis Start 2 aksiyasining sovrin jamg‘armasi (har bir hudud bo‘yicha top-10):

• 1-o‘rin — 50 mln so‘m;

• 2–4-o‘rinlar — smartfonlar;

• 5–6-o‘rinlar — kir yuvish mashinalari;

• 7–8-o‘rinlar — muzlatkichlar;

• 9–10-o‘rinlar — havo tozalagichlar.

Xolis Start 2 — bu shunchaki aksiya emas, balki Paynet’ning butun mamlakat bo‘ylab tadbirkorlar uchun qulay, shaffof xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyasining davomi, — deya ta’kidlashdi Paynet vakillari.

Reklama huquqlari asosida

Yangiliklar