3 oyda O‘zbekistonga qancha turist keldi va qancha o‘zbekistonlik xorijga chiqdi? Statistika

Ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan oshgan.

2026-yilning yanvar-mart oylarida 164 ta mamlakatdan jami 2,87 mln chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 770 ming nafarga yoki 36,6% ga oshgan.

Turistlar soni bo‘yicha TOP-10 davlatlar:

Qirg‘iz Respublikasi – 807 095 nafar;

Tojikiston – 713 904 nafar;

Qozog‘iston – 681 921 nafar;

Rossiya – 223 285 nafar;

Afg‘oniston – 120 184 nafar;

Xitoy – 87 023 nafar;

Turkmaniston – 79 046 nafar;

Turkiya – 39 445 nafar;

Hindiston – 12 600 nafar;

Koreya Respublikasi – 7 813 nafar.

Shuningdek, uch oyda 1,63 mln O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 111,6 ming nafarga oshgan.

2026 yilning dastlabki uch oyida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p borgan TOP-10 davlat:

Qirg‘iz Respublikasi — 660 579 nafar;

Qozog‘iston — 284 024 nafar;

Tojikiston — 282 040 nafar;

Saudiya Arabistoni — 136 060 nafar;

Rossiya — 88 267 nafar;

Turkiya — 52 199 nafar;

BAA — 28 125 nafar;

Xitoy — 15 844 nafar;

Tailand — 13 839 nafar;

Misr — 12 186 nafar.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling