“UNESCO ruxsatisiz bitta ham mix qoqilmaydi”. Buxoroda “Turizm shaharchasi” qurilishi yuzasidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida nimalar haqida soʻz bordi?

Buxoroda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Botir Zokirov hamda viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligida shahar markazida “Turizm shaharchasi” qurilishi yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazildi

Buxoroda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Botir Zokirov boshchiligida shahar markazida “Turizm shaharchasi” qurilishi yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazildi.

Bugungi kunda “Turizm shaharchasi” qurilishi rejalashtirilgan hududda 14 ta davlat tashkiloti va 10 ta xususiy mulkdorlarga tegishli jami 24 ta bino va inshootlar mavjud boʻlib, ularni boshqa hududga investor bilan kelishgan holda koʻchirish maqsad qilingan. Yangi maʼmuriy markaz uchun tanlangan hududda viloyat va shahar hokimiyati binolari, boshqarmalar, markaziy xiyobon, madaniyat va yoshlar markazi, zamonaviy sport majmuasi, markaziy oʻyingoh, Yangi Oʻzbekiston bogʻi, savdo markazlari, tijorat banklari qad rostlaydi. Bu ishlar 2023-2025-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Buxoro viloyatininig yangi maʼmuriy markazini joylashtirish uchun Buxoro shahridagi “Gulchorbogʻ” va “Otbozor” MFY hududidan birinchi bosqichda 100 gektar yer maydoni chegaralari belgilangan.

Buxoro viloyati hokimi ayni kunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan voqealarga izoh berar ekan, shahar hududida buzilishi koʻzda tutilgan 19 ta binoning 11 tasi tadbirkorlarga tegishli ekanini, birorta fuqaroning manfaatiga zarar yetkazilmasligini aytmoqda.

“Viloyat hokimligi binosiga kelsak, bizga buncha katta binoning keragi yoʻq. Investor stadionning yangisini avvalgisidan yaxshi qurib berganidan keyin bu masalani koʻrib chiqamiz. Daraxtlar maksimum saqlab qolinadi. 11 gektar joy yashil maydon boʻladi. Albatta, bular faqat taklif. 2025-yilga borib turistlar oqimini 8-10 millionga yetkazmoqchimiz. Ayni kundagi shahar infratuzilmasi turistlarni kutib olish talabiga javob bermaydi. Shahardan ikki ming mashina ahlat chiqardik”, — dedi Botir Zaripov.

Buxoro hokimining aytishicha, viloyatdagi koʻp tarixiy obidalar qulash arafasida turibdi. “Ularni rekonstruksiya qilish uchun 40 millard soʻm ajratildi”, — deydi viloyat hokimi.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Botir Zokirov YUNESKO bilan kelishilmasdan shaharda bitta mix ham qoqib boʻlmasligini aytmoqda. Uning aytishicha, ushbu xalqaro tashkilot bilan muzokaralarga kamida bir yil vaqt ketadi.

Botir Zokirov qurilish maydonidagi barcha binolar inventarizatsiya qilanayotgani, lotda qatnashadigan tadbirkorlar buzishlar uchun oʻzlari pul toʻlashini aytdi.

Qurilish vaziri Buxoro turizm shaharchasini barpo etish uchun nega aynan Enter Engineering kompaniyasi tanlangani haqidagi savolga javob berdi.

Vazirga koʻra, Enter Engineering kompaniyasi Samarqanddagi turizm markazi hamda Imom al-Buxoriy majmuasi qurilishlarida oʻzini yaxshi tomondan koʻrsatgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling