Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida 78 yoshli piyoda vafot etdi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkentning Yakkasaroy tumani, KXAY ko‘chasi, 7-uy qarshisida 25-aprel kuni soat 17:40 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Cobalt haydovchisi o‘ziga nisbatan o‘ng tomondan chap tomonga yo‘l qatnov qismining belgilanmagan qismidan harakatlanib o‘tayotgan 1948-yilda tug‘ilgan piyodani urib yubordi.

Hodisa oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling