Ta‘mirlash ishlari tufayli 28-aprel kuni Toshkent shahrining to‘rtta tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu hududlar:
Yakkasaroy tumani (soat 10:00 dan 15:00 gacha) — “Damariq” MFY;
Mirobod tumani (soat 10:00 dan 15:00 gacha) — Kichik Beshyog‘och;
Bektemir tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha) — “Ustozlar” MFY;
Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) — “Podshobog‘” MFY.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.