Anomal sovuq ob-havo tufayli 13-yanvar kungi poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi

Buxorodan Toshkentga harakatlanayotgan Afrosiyob poyezdi nosozlik sabab to'xtab qoldi

Foto: Teznews

Foto: Teznews

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmatining xabar qilishicha, 13-yanvar kuni Buxoro—Toshkent yo‘nalishidagi 765-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdda anomal sovuq ob-havo sababli nosozlik yuzaga keldi va poyezd “Malik” bekatida to‘xtatildi.

Yo‘lovchilarni manzilga xavfsiz yetkazib kelish maqsadida zaxira “Afrosiyob” elektropoyezdi jo‘natildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo tufayli yo‘lovchi poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 13-yanvar kuni poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Shu sababli yo‘lovchi poyezdlarning jo‘nash hamda manzilga yetib borish vaqtlarida o‘zgarishlar bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling