766/765-sonli “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yoʻnalishidagi “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlari qatnovlari 16, 17, 18, 19, 20-yanvar kunlari 5 ta reysga bekor qilinadi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Bu Oʻzbekistonda davom etayotgan anomal sovuq ob-havo tufayli, yoʻlovchi poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash va yoʻlovchilarni oʻz manzillariga yetkazish davomida noqulayliklar kelib chiqishini oldini olish maqsadida qilindi.
Xarid qilingan chiptalarni temir yoʻl chiptaxonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni chipta.railway.uz saytida qaytarish mumkin.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling