Foto: Open source
Kecha, 30-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqarolarni bahorgi muddatli harbiy xizmatga chaqirish haqidagi farmonni imzoladi.
Farmonga koʻra, bahorgi muddatli harbiy xizmatga Rossiya Federatsiyasining 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlgan, zaxirada boʻlmagan va muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi lozim boʻlgan fuqarolar jalb etiladi.
“2023-yil 1-apreldan 15-iyulgacha Rossiya Federatsiyasining 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlgan, zaxirada boʻlmagan va muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi lozim boʻlgan fuqarolarini 147 ming nafari harbiy xizmatga chaqirish amalga oshirilsin”. — deyiladi farmonda.
Shuningdek, farmonda muddatli harbiy xizmatni oʻtash muddati tugagan askar, dengizchi, serjant va brigadirlarni harbiy xizmatdan boʻshatish koʻzda tutilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, hozirda Rossiya dumasida harbiy xizmatga chaqirilish yoshini bosqichma-bosqich 21 yoshga yetkazish boʻyicha qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling