Foto: t.me/ekoqash
Qashqadaryo viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining xabariga koʻra, 9-yanvar kuni Kasbi tumani “Nazartepa” MFYda yashovchi fuqarodan murojaat kelib tushgan.
Oʻrganishlar davomida, “Indorama Agro” MCHJ xorijiy kompaniyasi tomonidan jami 560 tup har xil turdagi va diametrdagi daraxtlarni tartib-qoidalarga amal qilmasdan koʻchirganligi oqibatida daraxtlarga zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Noqonuniy, ruxsatsiz, daraxtlarni koʻchirish tartib-qoidalariga amal qilinmasdan koʻchirilganligi natijasida oʻsimlik dunyosiga 2 mlrd 824 mln 495 ming soʻm zarar yetkazilgan.
Hozirda holat yuzasidan yetkazilgan zararni undirish uchun rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling