O'zbekistonning ba'zi hududlari qor yog'ishi kutilmoqda — O'zgidromet

Ayrim hududlarda harorat -17 darajagacha pastlaydi

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

11-yanvar kuni O'zbekistonning ayrim hududlarida biroz qor yog'adi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi.

Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, Surxondaryo, Fargʻona viloyatlarida ayrim joylarida baʼzida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat -5...-10 daraja, baʼzi joylarda -17 darajagacha pastlaydi.

Toshkent shahrida kechga tomon biroz qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat -7...-9 daraja sovuq boʻlishi kutilmoqda.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda qor yogʻadi, tuman tushadi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarida baʼzida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat -10...-15 daraja sovuq boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar