Dam olish kunlari Oʻzbekistonda sovuq havo kutilmoqda

Sinoptiklar hafta oxirida respublikada kuzatilishi mumkin boʻlgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, dam olish kunlari Oʻzbekiston boʻylab quruq ob-havo kuzatiladi. Respublikaning ayrim togʻli hududlarida qor yogʻishi mumkin.

Kechasi sovuq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechalari -2...-7 daraja sovuq atrofida boʻladi. Kunduzi havo +2...+5 daraja iliq, janubda +7...+9 daraja iliq boʻladi.

Baʼzi joylarda yoʻllar muzlama boʻladi.

Shuningdek, togʻli hududlarda qor qoplamining balandligi 150 sm ga yetgani, bu meʼyordan qariyb 2 barobar koʻp ekanligi qayd etilgan. Koʻchki xavfi yuqori boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling