Ayni paytda Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritilgan. Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.
Tumanga Nodirbek Yakubov hokimi etib tayinlandi.

Bunga qadar u bandlik va mehnat munosabatlari vazirining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.