Foto: Darakchi
Oʻzbekiston prezidentining spichrayting xizmatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Ulugʻbek Ibodinov Prezident administratsiyasining spichrayter xizmati yetakchi konsultanti lavozimiga tayinlangan. U bunga qadar “Mahalla” gazetasida boʻlim mudiri lavozimida ishlagan.
Shuningdek, Oʻzbekiston jurnalistlari uyushmasi Olimjon Oʻsarov ham spichrayterlar guruhiga qabul qilingan.
Avvalroq, Murtazo Qarshiboyev prezident spichrayterining oʻrinbosari etib tayinlangan edi. U bungacha administratsiyada shoʼba mudiri boʻlgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling